Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universititeti AOKA tarkibiga oʻtkaziladi

Saqlash
17:40 / 05.01.2022 2520 0

Oʻzbekistonda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining faoliyati xalqaro tashkilotlarning soʻz va matbuot erkinligi sohasidagi tavsiyalari asosida qayta tashkil etiladi. Bu 2022–2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, AOKA mavjud shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorini saqlab qoladi. Tashkilot boshqa davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil hamda Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor shaklda qayta tashkil qilinadi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universititeti agentlik tarkibiga oʻtkaziladi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda matbuot kotiblari faoliyati samaradorligi reytingi tuziladi. Bu orqali sohada yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar matbuot kotiblarini ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi.

 

Bundan tashqari, axborot sohasini tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bunda zamon talablari asosida axborot sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish nazarda tutilgan. Qolaversa, sohani tartibga solishga qaratilgan qonunlar Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//