Endi hujjat toʻplab yurmaysiz. Davlat organlari tomonidan bir qator hujjatlarni talab qilish bekor qilindi (roʻyxat)

Saqlash
17:12 / 04.01.2022 835 0

2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan quyidagi maʼlumotlarni va hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

 

– tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlarini;

 

– litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumotlarni;

 

– davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

 

– qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

 

– kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

 

– jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

 

– oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlarini;

 

– jismoniy shaxs oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarni;

 

– jismoniy shaxs umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarni;

 

– fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

 

– oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

 

– oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

 

– moliyaviy hisobotlar nusxalarini;

 

– jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni;

 

– ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni.

 

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va maʼlumotlarni belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//