Jamiyat
Jamiyat
Jizzax viloyati prokuraturasining Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilmurod Xudayshukurovni maʼmuriy jazoga tortishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi rad etildi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi Qarori E-qaror.uz platformasiga joylandi. Unda yozilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan Bosh prokuraturaning 2021-yil 2-yarmiga belgilangan ish rejasiga asosan Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunlar ijrosi yuzasidan tekshirish oʻtkazilganda,
- yoshlar murojaatlari bilan ishlash va ularni hal qilinishi ustidan nazorat susaytirib yuborilganligi;
- mehnat qonunchiligiga koʻra boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oyda taqdim qilib borilmaganligi;
- mavjud ish oʻrinlarini yashirish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi taʼkidlanib, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Dilmudor Xudoyshukurov xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati boʻlgani sababli, uni maʼmuriy jazoga tortishga rozilik soʻralgan.
Mazkur taqdimnoma xalq deputatlari viloyat Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasida muhokama qilinib, ijro intizomiga rioya etmagani uchun boshqarmaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha hamda kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisiga intizomiy choralar qoʻllangan.
Shuningdek, Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi D.Xudayshukurovni maʼmuriy jazoga tortishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani rad etgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q