Jamiyat
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 30-dekabr kuni “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga koʻra, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytiriladi. Moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdori besh baravarga, daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshiriladi.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2022-yil 1-apreldan boshlab daraxt, buta, oʻsimlik va nihollarni qonunga xilof kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, boshqa joyga koʻchirib oʻtqazish boʻyicha huquqbuzarliklar haqida fotosurat va videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslarga pul toʻlanadi. Fuqarolar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng mablagʻ bilan ragʻbatlantiriladi. Bunda:
– mablagʻ huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan toʻlanadi;
– foto va videolarni taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi;
– ragʻbatlantirish huquqbuzarlik boʻyicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qoʻllanadi;
– huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan soʻng kelib tushgan xabarlar boʻyicha ragʻbatlantirish amalga oshirilmaydi;
– huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar 102 tezkor qisqa raqami yoki «Ekonazorat» axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q