Oʻzbek jurnalistlariga bayram hazili tayyorlandi

Saqlash
20:41 / 01.01.2022 1193 0

“Hurriyat” mustaqil gazetasi tahririyati Yangi yil munosabati bilan oʻzbek jurnalistlariga bayram hazili tayyorladi.



“Tafakkur” jurnali Bosh muharriri — Erkin Aʼzamga

 

Donishmandlik qonida bor,

Qonidamas jonida bor.

Asarlarin dunyo oʻqir,

Oʻqimagan boʻlar soʻqir.

“Tafakkur”da tafakkur qil,

Biror sonin qoldirmagil.

Obuna boʻl oʻz vaqtida,

Erish mushtariy baxtiga.

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi — Alisher Xadjayevga

 

Sifatlari ozmas, toʻp-toʻp,

Yana kanallari koʻp.

“Yoshlar”zoʻrmi, yo “1”chi,

Qani oʻylab bir koʻring-chi?..

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Jahon adabiyoti” jurnali Bosh muharriri — Ahmadjon Meliboyevga

 

Ustoz erur yoshi katta,

Yozganlarin toshi katta.

Shoʻxliklarin quvgani yoʻq,

Unvonini “yuvgani” yoʻq.

 

 

 

 

 

 

 

“Zarafshon” gazetasi Bosh muharriri, senator — Farmon Toshevga

 

Juda kamtar, kamsuqum,

Birov demas: “Amaldor”.

Oʻylamaydi obunani,

“Hokim bor-ku, ne gʻami bor?!”

 

 

 

 

“XXI asr” gazetasi Bosh muharriri —

Norqobil Jalilga

Yaxshilikni yaxshi koʻrar,

Ezgulikdan suyunadi.

Ijod desa xursand doim,

Muammo deb kuyinadi.

Tadbirkorlar qanotidir,

Gazeti-ku katta minbar.

“Goʻsht koʻp yemang” deganlarga,

Murosa ham qilmas minbaʼd.

 

 

 

 

OʻzA Bosh direktori — Abdusaid Koʻchimovga

 

Dars beradi hammaga,

Kerak boʻlsa ammaga.

OʻzA oʻzi shunday dargoh—

Tarqatadi hammaga.

 

 

 

 

 

“Guliston” jurnali Bosh muharriri —

Mamatqul Hazratqulovga

 

Jiddiy odam oʻzlari,

Maʼnolidir soʻzlari.

Ilhom boʻldi zoʻr doya,

Yozdi qissa, hikoya!

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub rahbari — Sherzodxon Qudratxoʻjaga

 

Unga sifat bedorlik,

Hazil gapmi rektorlik.

Goh ulovda, goh oyoqda,

Goh u yoqda, goh bu yoqda.

Judayam koʻp safari,

Unga kerak “Ferrari”.

 

 

 

 

 

“Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari

Bosh muharriri —Sirojiddin Raufga

Shoirlarning zoʻridir,

Tahrirda ham benazir.

Huzuriga borsangiz,

Deydi: “Keling, xoʻsh, taqsir”…

Hoji akamga gap yoʻq,

Jurnalxonlar koʻngli toʻq.

Oʻtayotgan bu yilda,

“Podpiska”dan koʻngli toʻldi,

Lekin hali bilmas sira,

Yangi yilda ne boʻldi?

 

 

 

 

 

ATB “Qishloqqurilishbank” Boshqaruv raisining matbuot kotibi-Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Shuhrat Orifga

 

Deydi men shoirman, bankir emasman,

Sheʼrni bilmaganni odam demasman.

Deydi pulni emas, yaxshi koʻraman gulni.

Sayrataman bulbulni, yomon koʻraman kulni.

Qaramaydi jononlar, nima qilay yoronlar?

Oʻzim ham bilmayman, nimalar dedim,

“Men odam emasman asli yor edim,”

Koʻring, kitobimning nomi shul,

Lekin ziyon qilmas, boʻlsa pul.

 

 

 

 

“Nuroniy” gazetasi Bosh muharriri —

Shuhrat Dehqonovga

 

Noiblikdan zerikdi u,

Ne qilsam deb oʻylab qoldi.

Yosh boʻlsa ham tinchlik istab,

“Nuroniy”ga oʻtib oldi.

Rejasida ne borligin,

Birov bildi, birov yoʻq.

Namanganlik boʻz bola-da,

Kelajakdan koʻngli toʻq!

 

 

 

 

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari Bosh muharriri —

Salim Doniyorovga

 

Feʼli shunday: ogʻir-bosiq,

Ustozlarin yaxshi koʻrar.

Ichmaydi ham, chekmaydi ham,

Bayramlarda “yuzta” urar.

“Pravda Vostoka” koʻhna juda,

“Yangi Oʻzbekiston” yap-yangida.

Ularga men boshman deydi,

Hali oʻzim yoshman deydi.

 

 

 

“Qishloq hayoti” gazetasi Bosh muharriri —

Chori Latipovga

 

Oʻzi qishloq odami,

Tuzuk edi qalami.

“Majburiy obuna” deyilgach,

Oshib ketdi alami…

 

 

 

 

 

 

 

“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari

Bosh muharriri — Husan Ermatovga

Gazeti zoʻr, oʻzi ham zoʻr,

“Doveriye”dan chiqqan emas.

“Ishonch” boʻlsa, bari boʻlar,

“Obuna” deb bosh qotirmas.

 

 

 

 

 

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi

Bosh muharriri — Salim Ashurga

 

Salim aka – salim odam,

Gʻirrom qilmas, halim odam.

Sheʼr ishqida yonar oʻzi,

Gullardadir ikki koʻzi.

Koʻp joylarda ishladi u,

Dovonlarni oshib oʻtdi.

“Adabiyot va sanʼat” debon,

Orzusiga mana yetdi.

 

 

 

 

“Ovozi tojik” gazetasi Bosh muharriri — Sherpoʻlat Vakilovga

 

Oʻzbekchani “qotiradi”,

Yaqin ulfat , joʻradir.

Agar devor boʻlmasa,

Koʻchaniyam koʻradir.

 

 

 

 

 

 

 

 

“Inson va qonun” gazetasi Bosh muharriri —

Qoʻchqor Norqobilga

Afgʻon mavzusi yopildi,

Guldur-gup.

Lekin tinmay yozadi,

Mavzu koʻp…

Oʻylab koʻrsa yaxshi koʻrar,

Muharrirning zotini.

Chunki oʻzi muharrir,

Muharrirdir xotini…

 

 

 

“Nurlы jol” gazetasi Bosh muharriri — Gʻulomzakir Yusupovga

 

“Gazetam eng oʻqishli” der,

Keriladi misli sher.

Lekin bitta “aybi” shulki,

Tinim bilmay toʻkar ter.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Kitob dunyosi” gazetasi Bosh muharriri —

Xosiyat Rustamovaga

Bu chehrani dunyo bilar,

Muxlislar ham bilyapti.

Goh Turkiya, goho Xitoy,

Amirqodan kelyapti…

 

 

 

 

 

 

 

 

“Mahalla” gazetasi Bosh muharriri —

Baxtiyor Abdusattorovga

 

Kimdan xafa, kimdan xursand,

Birovga sir aytmaydi.

Vaʼda bersa, oʻsha gap-gap,

Soʻzidan hech qaytmaydi.

Vazirlikdan gina qilar,

Oʻpka qilar, kina qilar.

Obunaga moshin qoʻyib,

Qolmasin-da faqat kuyib…

 

 

 

 

 

“Saodat” jurnali Bosh muharriri —

Munavvarxon Usmonovaga

Sheʼrlarini oʻqisangiz,

Uzoqqa hech ketolmaysiz.

Orzu qilmang oʻzaman deb,

Opaga hech yetolmaysiz.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//