Dunyo boʻylab yangi yil qanday kutib olindi? (foto)

Saqlash
18:45 / 01.01.2022 1645 0

Butun dunyo boʻylab mamlakatlar 2022-yilni turli koʻrinishlarda kutib oldi. Ammo barchasini bir jihat – bayram koronavirusning turli cheklovlari bilan kutilgani birlashtirib turdi.

 

Masalan, Moskva boʻylab butun shaharda, jumladan, Qizil maydonda Yangi yil mushaklari otildi. Ammo koronavirus cheklovlari tufayli Kreml deyarli tomoshabinlarsiz kutib oldi bayramni.

 

 

Parijda Eyfel minorasi Rojdestvo archasi kabi chiroqlar bilan bezatildi, ammo mushaklar va katta shoulardan voz kechildi. Umuman olganda, Fransiyaning yirik shaharlari yangi yilni yangi cheklovlar bilan nishonlamoqda - masalan, koʻchalarda niqob taqib yurish talabi qaytmoqda.

 

 

Fransiyada shunday talablar boʻlayotgan bir vaqtda, Madridning Puerta-del-sol maydoniga minglab kishilar yigʻildi va soat millari ohanglari ostida raqsga tushishdi.

 

 

Avstraliyada eng yorqin shou anʼanaviy tarzda Sidneyda sahnalashtirildi. Pandemiyadan oldin bu yerga millionlab sayyohlar Yangi yil mushakbozligini tomosha qilish uchun toʻplanishgan. Ammo bir yildirki bayram tomoshabinlarsiz oʻtmoqda.

 

Tailandda bir nechta cheklovlar boʻlishiga qaramay, Yangi yilni deyarli odatdagidek nishonlashga ruxsat berildi. Ushbu holat turizmni qoʻllab-quvvatlash uchun qilinayotgani ham yashirilmadi. Ammo Yangi yil ibodatlari ibodatxonalarda onlayn tarzda oʻqildi.

 

 

Dubayda esa dunyodagi eng baland inshoot hisoblangan 828 metrli Burj Xalifa osmonoʻpar binosi “Yangi yil archasi”ga aylandi. Binoning devorlari lazer namoyishi uchun ekran vazifasini bajarib, shahar ahli va mehmonlarga Yangi yil shukuhini ulashdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//