Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasi oldida oʻt oʻchirish moslamasi portlatilishi natijasida odamlar jarohatlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 1-yanvar kuni tungi soat 00:45 larda Shayxontohur tumani “Qoratosh” koʻchasining avtoqatnov yoʻlida bir nechta fuqaro avtoyoʻlni ajratib turuvchi toʻsiqqa mushakbozlik qilish maqsadida qoʻlbola usulda yasalgan “oʻt oʻchirish” moslamasini joylashtirib, tagidan olov yoqishi natijasida moslama chaqnashi kuzatilgan.
Oqibatda mushakbozlikni telefoni kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997-yilda tugʻilgan M.S. (Tashxis: qorin yumshoq toʻqimalari lat yeyishi), 1999-yilda tugʻilgan M.A. (Tashxis: oʻng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006-yilda tugʻilgan X.N. (Tashxis: oʻng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari notoʻliq amputatsiyasi) jarohat olgan.
.jpg)
Hozirda holat yuzasidan moslamani tayyorlagan hamda uni yoqqan shaxslarni aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q