Jamiyat
“Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra, moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:
a) huquqbuzarlarga:
moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdori besh baravarga;
daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
b) moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytiriladi. Bunda:
darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) koʻtarish imkonidan mahrum boʻladi;
darajasini (reyting bahosini) bir pogʻonaga pasaytirish imkoni boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan toʻliq chiqarib tashlanadi;
v) yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
g) davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilishni nazarda tutuvchi koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining koʻrsatmalari va qarorlarini qabul qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q