Jamiyat
Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maqsud Shayxzoda. Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi Ozarbayjon Respublikasida ham namoyish etildi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullayev, operator Muzaffar Yusupov, prodyuser Tohirbek Qo‘chqorbekov.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan mazkur kinokartina O‘zbekiston va Ozarboyjon hamkorligida yaratilgan eng yirik va eng yaxshi kinoloyiha sifatida e’tirof etildi hamda film prodyuseri Tohir Qo‘chqorbekov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Kinokartina haqida Ozarboyjon Respublikasi televideniye, matbuot va internet nashrlarida xabarlar chop etildi, hozirda film ozarboyjon tiliga tarjima qilinmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q