Qoraqalpogʻistonda muz oʻrtasida qolib ketgan bolalar qutqarib olindi

Saqlash
18:59 / 30.12.2021 847 0

29-dekabr kuni ikki nafar 11 yoshli bola Nukus shahri “Jana bazar” hududidagi “Qoskoʻl” drenaj koʻlida muz oʻrtasida qolib ketgan.

 

Maʼlum qilinishicha, 2010-yilda tugʻilgan ikki nafar bola muzda oʻynash maqsadida “Jana bazar” hududida joylashgan “Qoskoʻl” drenaj koʻliga borgan va muz yorilishi oqibatida suvga tushib ketgan. Shundan soʻng, bolalar oʻzlari harakat qilib muzning qalin joyiga chiqib olgan va yordam kelishini kutgan.

 

Ularni koʻrib qolgan fuqarolarning chaqiruvi boʻyicha voqea joyiga FVBning maxsus otryadi yetib borib, muz ustida qolib ketgan bolalarni qirgʻoqqa olib oʻtgan. Voqea joyida ularga birinchi tibbiy yordam berilgan va shifoxonaga yuborilgan. “Ayni vaqtda bolalarning ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//