2021-yilning eng yaxshi sportchisi aniqlandi

Saqlash
08:12 / 30.12.2021 872 0

Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasida 29-dekabr, chorshanba kuni Uzbekistan Sport Awards–2021 marosimi boʻlib oʻtdi. Unda turli nominatsiyalar boʻyicha 2021-yilning eng yaxshilari aniqlandi.

 

Muxlislar talqiniga koʻra, bokschi Bahodir Jalolov yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Jalolov 2021-yilda Tokio Olimpiya oʻyinlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi.

 

Respublika Komissiyasi xulosasiga koʻra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasiga Oʻzbekiston Milliy kubogi gʻolibi, ogʻir atletika boʻyicha Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni Akbar Joʻrayev loyiq koʻrildi.

 

Yil kashfiyoti sovrini esa taekvondo boʻyicha Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ulugʻbek Rashidovga nasib etdi.

 

Bundan tashqari, marosim davomida quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:

 

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Tokio—2020 Olimpiya oʻyinlari chempioni Ulugʻbek Rashidovning murabbiyi Xan Pavel;

 

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi – boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni Nigina Oʻktamova;

 

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi – erkin kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov;

 

Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qoʻshgan hissasi uchun – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov;

 

Yilning eng matonatli erkak sportchisi – parayengil atletika boʻyicha Tokio—2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi Elbek Sultonov;

 

Yilning eng matonatli ayol sportchisi – parayengil atletika boʻyicha Tokio—2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi Nurxon Qurbonova;

 

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi – parayengil atletika boʻyicha murabbiy Sardor Abduxoliqov;

 

Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi – para yengil atletika boʻyicha Tokio—2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi Boburjon Omonov;

 

Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi – para yengil atletika boʻyicha Tokio—2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi Asila Mirzayorova;

 

Sport sohasidagi koʻp yillik xizmati uchun – Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov;

 

Yilning eng faol ommaviy sport targʻibotchisi – Mudofaa vazirligi sport markazi;

 

Yilning eng faol sport jurnalisti – “Sport TV” telekanali jurnalisti Shafoat Tolibjonova;

 

Yilning eng faol sport foto muxbiri – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va “Olamsport.com” sayti foto muxbiri Almurat Mamadaminov;

 

Yilning eng tomoshabob sport tadbirlari tashkilotchisiOʻzbekiston aralash jang sanʼatlari (MMA) assotsiatsiyasi;

 

Yilning eng faol sport muxlisi – Abdurahmon Fozilov;

 

Sport yoʻnalishi boʻyicha yilning eng faol matbuot xizmati – Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi;

 

Yilning eng faol sport sayti – “Sports.uz” sayti;

 

Yilning eng yaxshi sport shifokori – Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi bosh shifokori Dilshodbek Mahmudov;

 

Yilning eng faol sport blogeri – instabloger, “MY5” telekanali xodimi Hilola Isoqova;

 

Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi – ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi;

 

Yilning eng faol sport maktabi – Buxoro tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi;

 

Yilning eng halol hakami – dzyudo boʻyicha xalqaro toifadagi hakam Ramziddin Saidov;

 

Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi – Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi;

 

Yilning eng intiluvchan federatsiyasi – Oʻzbekiston oʻq otish federatsiyasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish