Sport
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchi Rameshbabu Vaishali bilan oʻyin oldidan qoʻl berib koʻrishmagani koʻplab muhokamalarga sabab boʻlganidan xabaringiz bor.
Shaxmatchilar qoʻl siqib oʻyinni boshlashi hozirda odat tusiga kirgani rost. Tarqalgan videolarga koʻra, Yakubboyev haqiqatdan ham Tata Steel Challengers 2025 musobaqasining 4-turida hindistonlik raqibining qoʻlini siqib qoʻymagan.
Foto: Daryo.uz
Tushunmovchiliklar koʻpayib borishi natijasida Yakubboyevning oʻzi X sahifasida tushuntirish berib, bu uning eʼtiqodi bilan bogʻliqligini bildirgan:
“Bugun (26-yanvar kuni) men bu haqda Irina Bulmagaga aytdim. U bunga rozi boʻldi. Ammo oʻyin zaliga kelganimda, hakamlar menga hech boʻlmaganda “Namaste” qilishim kerakligini aytishdi. Divya va Vaishali bilan oʻyinlarda men ularga bu (eʼtiqodim) haqida oʻyindan oldin ayta olmadim va noqulay holat yuzaga keldi.
Men Vaishali va uning akasi qatorida barcha hindistonlik shaxmatchilarni hurmat qilaman. Agar bu harakatim orqali uni noqulay vaziyatga qoldirgan boʻlsam, buning uchun uzr soʻrashga tayyorman.
Men oʻzim toʻgʻri deb bilgan ishni qilaman. Bu harakatim orqali barcha shunday qilishi kerak deb hisoblamayman, bu hammaning oʻziga havola boʻlgan tanlovidir”, deya yozgan oʻzbekistonlik shaxmatchi oʻz sahifasida.
Vaziyatni yanada oydinlashtirish va tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun Yakubboyev Vaishali bilan uchrashib, unga gul va shokolad sovgʻa qildi va shaxsan uzr soʻradi.
Hindistonlik sportchi ham vaziyatni toʻgʻri qabul qilgani va oʻsha kuniyoq vaziyatni tushunganini maʼlum qilgan.
“Oʻzbekistonlik GM Nodirbek Yoqubboyev GM R.Vayshali bilan uchrashib, undan uzr soʻradi. U gul va shokolad keltirish orqali shunday qildi”, deb yozdi ChessBase India ham.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q