Shavkat Mirziyoev jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga tabrik yo‘lladi

Saqlash
14:38 / 29.12.2021 1174 0

O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida shaxmatning rapid yo‘nalishi (tezkor shaxmat)da jahon chempioniga aylandi.

 

17 yoshli shaxmatchi Nodirbek dastlab amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shundan so‘ng u Vladimir Fedoseyev, Gukesh Dommaraju, Yan-Kshishtof Duda kabi shaxmatchilarga qarshi dramatik bahslarda durang qayd etdi.

 

 

13 ta partiya hisobiga Abdusattorov, Yan Nepomnyashiy, Magnus Karlsen va Fabiano Karuana 9,5 ochko to‘pladi. 

 

 

Qo‘shimcha natijalarga ko‘ra, g‘oliblik Abdusattorov va rossiyalik Nepomnyashiy o‘rtasidagi tay-brekda aniqlandi. Dastlabki partiyada durang qayd etgan Nodirbek keyingi partiyada g‘alaba qozonib (1,5-0,5), jahon chempioniga aylandi.

 

 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda Prezidentimiz va butun delegatsiya tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovning ishtirokini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib borgan.

 

Shavkat Mirziyov shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha yangi va eng yosh jahon chempioniga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llagan hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//