Sport
O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattarov Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha 10-turdan keyin birinchi o‘ringa chiqib oldi.
17 yoshli shaxmatchimiz amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda o‘ynab, uni mag‘lubitga uchratdi.
Nodirbek avvalgi turlarda Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfandni mag‘lub etgan, Yan Nepomnyashiy va Aleksandr Grishuk bilan durang o‘ynagan edi.
Nodirbek 11-turda qora donalarda rossiyalik grossmeyster Vladimir Fedoseev bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, jahon chempionatining umumiy sovrin jamg‘armasi – 700 ming dollarni tashkil etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q