Jahon
Qozog‘istonning Olmaota viloyati Olmaota-Bishkek avtomagistralida avtobus va Mercedes-Benz avtomobilining qattiq to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan hamda uch kishi jarohat olgan, deya xabar bermoqda Zakon.kz.
Qayd etilishicha, hodisa Olmaota-Bishkek avtomobil yo‘lining 105-kilometrida sodir bo‘lgan. Kuchli muzlama tufayli Mercedes-Benz va shaharlararo avtobus to‘qnashib ketgan. Mercedes sharqiy yo‘nalishda Olmaota tomon, avtobus esa g‘arbiy yo‘nalishga qarab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Qattiq to‘qnashuv natijasida avtobus va yengil avtomobil yo‘l chetiga urilgan, u yerda Mercedes jarlik yoqasiga kelib qolgan, avtobus esa uning ustiga qulagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus to‘la bo‘lgan, Mercedes’da olti kishi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Mercedes’da bo‘lgan uch kishi halok bo‘lgan, ular orasida bir nafar qiz ham bor. Uning jasadi avtobus ko‘tarilgandan keyingina mashinadan chiqarib olingan.
Keyinroq aniqlik kiritilishicha, haydovchining rafiqasi va ikki yo‘lovchisi Mercedes mashinasidan halok bo‘lgan.
Jabrlanganlar orasida ikkita avtomashina haydovchilari, shuningdek, shifoxonaga yotqizilgan Mercedes’ning ikki yo‘lovchisi bor. Avtobus haydovchisi jiddiy jarohat olmagan va shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng uyiga jo‘natilgan. Ikki yo‘lovchining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Hodisa kelib chiqish sabablari Olmaota viloyati tergovchilari tomonidan o‘rganilmoqda, ekspertiza tayinlangan.
Zakon.kz.’ga ko‘ra, 27 dekabr kuni soat taxminan 21:40 da “Mercedes-Benz” rusumli avtomashinaning 25 yoshli haydovchisi Olmaota-Bishkek yo‘lining 105-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, avtomobil qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan hamda avtobus bilan to‘qnashgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q