Siyosat
“Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan 35 ta davlat OTM roʻyxati tasdiqlandi.
Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022-yil 1-yanvardan quyidagilar boʻyicha mustaqil qaror qabul qiladi:
- kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
- mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
- oʻz hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
- xorijdan oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
- boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;
- avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.
Shuningdek qarorga koʻra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q