Sport
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida start olgan o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan XIV an’anaviy xalqaro turnirda 3-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Dunyoning 12ta davlatidan 150 nafar "aql gimnastikasi" ustalari qatnashayotgan ushbu musobaqaning «A» guruhida hozircha hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yo‘qotishlarsiz odimlamoqda.
Turnirning 1-tartib raqamli ishtirokchisi Abdusattorov 3-turda belaruslik Kirill Spivakni mag‘lub etdi. Musobaqada g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri armanistonlik Shant Sargisyan ham hozircha 100 foizlik natija qayd etib turibdi. U 3-turda ozarbayjonlik xalqaro master Muradli Muxammad ustidan g‘alaba qozondi. Shuningdek, yana bir armanistonlik shaxmatchi Tigran Arutunyan hamda Eron Islom Respublikasi vakili Arian Golamilar ham 3 o‘yindan 3 ochko jamg‘argan holda yetakchilar safida.
Yosh, umidli shaxmatchimiz Xumoyun Bekmurodovning 2,5 ochko bilan 5-8-o‘rinlardan joy olib turganligi tahsinga loyiq. Hamyurtlarimizdan Nodirbek Yoqubboyev hamda Bobir Sattorovlar ham xuddi shuncha ochko jamg‘argan.
Musobaqa davom etmoqda.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111690
Jamiyat
94649
Jamiyat
90639
Jamiyat
75187
Jamiyat
//
Izoh yo‘q