“Oʻzbekiston temir yoʻllari” chiptalarga chegirmalar e'lon qildi

Saqlash
21:37 / 22.12.2021 914 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Prezidentning 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, mamlakatda ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari uchun chegirmalar haqida eʼlon berdi.

 

Farmonga muvofiq, 31-dekabr–2022-yil 4-yanvar, 21–23-mart va 1–2-sentyabr kunlarida quyidagi bayram chegirmalari mavjud:

 

- nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941–1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan — 50 foiz;

 

- oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan — 15 foiz;

 

- oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda), chiptaning tarif qismidan — 15 foiz;

 

- bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq — yoʻriqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan — 15 foiz;

 

- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan — 10 foiz.

 

Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//