“Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qoʻyaman” – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
21:27 / 22.12.2021 1548 0

Olmaliq shahrida faollar bilan boʻlgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.

 

«Men nima uchun hokim yordamchilari degan tizimni joriy qildim, chunki oʻzim uchun yaxshi kadrlar qidirib yuribman. Mana, bugun ham sizlar bilan suhbatda yangi kadrlar kashf qildim.

 

Misol uchun, Andijon viloyatida 30 yilda hokimlar soni koʻp boʻlmagan. Lekin Toshkent viloyatiga majoziy maʼnoda aytganda 30 ta hokim kelib-ketdi. Nega? Chunki ishni eplaydigan yaxshi kadrlar topish qiyin. Biri korrupsiyaga yoʻl ochadi, boshqasi darrov gʻoʻddayib, oyogʻi yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qoʻyaman.

 

Zoyir Mirzayevni bekorga olib kelmadim bu yerga. Qashqadaryo ham ogʻir viloyatlardan biri edi, ammo epladi. Toshkent viloyatida muammolar koʻpligi uchun uni atayin bu yerga olib keldim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//