Jamiyat
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin haqidagi xabar 2021-yilning 18-dekabr kuni soat 02-34da kelib tushgan va Uchqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi yongʻin qutqaruvchilari tomonidan soat 02-40da yongʻin joyi oʻrab olingan.
Yongʻin oqibatida yashash uyining ichki qismi, shuningdek, qoʻshni uylar va uyga kirish yoʻlak devorlari yonib zararlangan.
.jpg)
Yongʻinni oʻchirish vaqtida uyning ikkinchi qavatida 10-xonadon egasining kuygan holdagi jasadi, yashash uyining yuvinish xonasida esa farzandining tutunga dimiqqan holatdagi jasadi topilgan.
“Uyda istiqomat qiluvchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar voyaga yetmagan bolalar Uchqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi yongʻin qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q