“Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi” – Prezident kadastr sohasidagi muammolar haqida

Saqlash
23:08 / 21.12.2021 921 0

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida yer hisobi va davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazilmoqda.

 

Yigʻilishda yoʻl, elektr, gaz taʼminoti, suv xoʻjaligi, obodonlashtirish obyektlari, koʻp qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham koʻplab muammolar mavjudligi qayd etildi.

 

«Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.

 

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar koʻp.

 

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va gʻalladan boʻshagan yerlarni aholiga boʻlib berishni reja qilganmiz.

 

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi boʻlmasa, bu ishlarni amalga oshirib boʻlmaydi», dedi Prezidentimiz.

 

Yigʻilishda qayerda boʻsh yer borligi toʻgʻrisida ham aniq maʼlumot yoʻqligi, bu bilan 30 yil hech kim shugʻullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati boʻlmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qoʻya oladi, na uni sota oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//