Jamiyat
Fargʻona viloyatida ortiqcha vaznga ega amaldorlar va oddiy fuqarolar ozsa, ularga har bir ozgan kilosiga 500 ming soʻmdan pul beriladi. Bu haqida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 20-dekabr kuni boʻlib oʻtgan sessiyada aytib oʻtgan.
Xalq deputatlari Fargʻona viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida nutq soʻzlagan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu toʻlov haqida taʼkidlab oʻtgan.
“Agar amaldor 1 kiloga ozsa, har ozgan kilosiga 500 mingdan oladi. 5 kilogrammga ozsa, 2,5 million oladi degani bu. Buning uchun u joylardagi poliklinikalardan birida roʻyxatdan oʻtib, kunora kilosini oʻlchatib turadi. Ushbu qoida oddiy xalq vakillariga ham qoʻllaniladi. Ular ham birdek ushbu summalarni oladi”, — deya taʼkidlagan viloyat hokimi oʻz murojaatnomasida.
Shuningdek, Bozorov kasal boʻlgan fuqarolarga ham pul berib borish rejasi haqida ham gapirib oʻtgan. “Bundan tashqari, kasallarga pul berishni oʻylab turibmiz”, — deb qoʻshimcha qilgan hokim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q