
Siyosat
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri va Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi lavozimlarida ishlagan Muzaffar Saliyev 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarida aybdor deb topilgan.
Saliyevga nisbatan ish joriy yil 13-mart kuni JIB Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudining hukmiga ko‘ra, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari hamda 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq hokim va vazir 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘ta`sh belgilangan.
Appelyatsiya instansiyasining 2024-yil 30-iyuldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Muzaffar Saliyev 2017-yil 5-iyuldan 2021-yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida ishlagan. U Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishdan keyin ishdan olingan edi. U 2023-yil boshida vazir lavozimidagi faoliyati bilan bog‘liq ish yuzasidan tergovga jalb etilgani xabar berilgan edi.
2021-yil 15-yanvarda esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlagan. Saliyev, shuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q