Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi dizayndagi 50 ming so‘mlikda xatolik aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, qog‘oz pulda aks ettirilgan maqbara yozilganidek Abu Iso Termiziy emas, balki Hakim Termiziy maqbarasi hisoblanadi.
Markaziy bank ushbu chalkashlik yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilgani, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb xato yozilgani uchun muomalaga chiqarilishidan oldin to‘g‘rilanadi.
«Milliy valyutamiz dizayniga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan 50 000 so‘mlik banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilgani, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb yozilgani bildirildi.
Mutaxassislar bilan qayta o‘rganish natijasida haqiqatan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi dizayndagi 50 ming so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilishini hamda maqbaraning nomi to‘g‘ri qayd etilishini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banknotlar dizaynlariga befarq bo‘lmagan barchaga minnatdorchilik bildiradi», – deyiladi Markaziy bank izohida.
Eslatib o‘tamiz, yangi banknot 22 dekabrdan boshlab muomalaga chiqariladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q