Ilm-fan
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan Oʻzbekiston florasining noyob vakili Moluccella bucharica (B. Fedtsch.) Ryding relikt va endemik turini Turlarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) Qizil roʻyxatiga “butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida” maqomi ostida kiritildi. Bu haqida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu ish oʻzbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni Xalqaro Qizil roʻyxatga kiritilishi boʻyicha birinchi natija hisoblanadi.
Buxoro molusellasi dunyo boʻyicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida oʻsadi. Yarim asr davomida tur populyatsiyasi 79% ga qisqarib ketdi. Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatimizdagi umumiy soni 600 ga ham yetmaydi.
“Olimlarning taʼkidlashicha, tur populyatsiyasining qisqarib ketishida kuchli antropogen taʼsir va ekologiyaning keskin oʻzgarib borayotganligi sabab boʻlmoqda. Ushbu turning Xalqaro Qizil roʻyxatga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maqola TMXI ning rasmiy saytida eʼlon qilindi”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q