Ruslanbek Davletov: Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 14 mingdan oshgan

Saqlash
16:51 / 17.12.2021 853 0

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkentdagi Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan konferensiyada korrupsiya bilan ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar sonini maʼlum qildi.

 

- Oxirgi uch yilda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni taʼminlash maqsadida jami 540 mingdan ortiq prokuror hujjatlari qoʻllanilgan, - dedi R. Davletov. - Bu bir oddiy raqamdek koʻrinadi, lekin bu raqamlar ortida katta mehnat yotganligini fahmlash qiyin emas.

 

Oxirgi 5 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasida korrupsion qilmishni sodir etib, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 14 mingdan oshgan.

 

Shulardan 160 nafardan ortigʻi respublika miqyosidagi, 1 ming 270 nafardan ortigʻi viloyat miqyosidagi hamda 13 ming nafardan ortigʻi tuman miqyosidagi mansabdor shaxslardir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//