Jamiyat
Taniqli olima, jamoat arbobi Svetlana Rashidova Sharofovna 2021-yil 14-dekabr kuni 70 yoshida vafot etdi.
Svetlana Rashidova 1952-yil 1-martda Toshkent shahrida Oʻzbekiston rahbari Sharof Rashidovich Rashidov oilasida tugʻilgan va Rashidovlar oilasining eng kichik farzandi boʻlgan. U Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida chet el adabiyoti fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetida dotsent lavozimida ishlagan.
Svetlana Rashidova 1971-yilda Alisher Vasitovich Vohidovga turmushga chiqadi. Turmush oʻrtogʻi bilan birga Nyu-Yorkka joʻnab ketadi. U 1994-yilda Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997–2008-yillarda esa Oʻzbekistonning BMTdagi elchisi va doimiy vakili lavozimida ishladi.
Svetlana Rashidova Oʻzbekistonda dafn etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q