Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlardagi maktablarda sport zallari yoʻqligi va Xalq taʼlimi vazirligi ushbu muammodan bexabarligi haqidagi xabarlar yuzasidan vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Xalq taʼlimi vazirligiga ushbu muammolar yaxshi maʼlum va ularni hal etish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2017-2021-yillarda jami 296 ta sport zallari yangidan qurilgan, 604 ta mavjud sport zallar taʼmirdan chiqarilgan.
Biroq bugungi kunda Respublikadagi 10 130 ta umumtaʼlim maktablaridan 7885 tasida (78 foiz) sport zallari bor boʻlsa, qolgan 2245 ta maktabda sport zallari umuman mavjud emas. Maktablardagi sport zallaridan 358 tasi rekonstruksiyaga va 2078 tasi mukammal taʼmirga muhtoj.
Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu muammoning yechimi yuzasidan vazirlik amaliy ishlarni olib bormoqda.
“Hukumatning tegishli topshirigʻiga koʻra, hududlardagi holatni manzilli oʻrganish maqsadida turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tashkil etilib va ular tomonidan bugungi kunda Respublikaning barcha hududlarda mavjud talablar oʻrganilmoqda. Ushbu jarayonda maktablarga sport zallari ham qurilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q