Samarqandda uch nafar egizak tugʻildi

Saqlash
15:15 / 16.12.2021 2195 0
Foto: Daryo

Samarqand viloyatining Ishtixon tumani Qulchora qishlogʻida yashovchi Jamshed Oʻsarov oilasida uch egizak oʻgʻil dunyoga keldi. Oʻgʻillar Samarqand viloyati perinatal markazida 7-dekabr kuni dunyoga kelgan. Markaz shifokorining maʼlum qilishicha, bolalarning hozirgi ahvoli yaxshi.

 

«36 haftalik boʻlgan egizaklar 7-dekabr kuni operatsiya (kesarcha kesish) yoʻli bilan dunyoga keldi. Egizaklarning har birining vazni 2 kilogrammdan ortiq (birinchi egizak 2,1 kilogramm, ikkinchi va uchinchisi 2,3 kilogramm). Hozirda chaqaloqlarning ham, onasining ham ahvoli yaxshi», — degan egizaklar salomatligini nazoratga olgan shifokor Habiba Bozorova.

 

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 13-dekabr kuni Ishtixon tuman FHDYO boʻlimi tomonidan egizaklarga tugʻilganlik guvohnomalari rasmiylashtirilib, ularga Shavkat, Mirziyo, Miromon deb ism qoʻyilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning birinchi yarmida egizaklar soni boʻyicha Samarqand viloyati yetakchi boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//