Jamiyat
Surxondaryo viloyati hokimligida Denov tumanidagi «Indenim» savdo majmuasida sodir boʻlgan noxush holat sabablari muhokama qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, tekshiruvlarda 2013-yilda qurilgan «Indenim» savdo majmuasining ostida Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan taʼminlaydigan yerosti oʻrta bosimli gaz quvuri oʻtkazilgani aniqlangan.
Amaldagi qurilish normalari va qoidalariga koʻra, inshootning xavfsizligi va ishonchliligini taʼminlash uchun Savdo majmuasi oʻrta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi kerak edi. “Shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq, ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan 4 metr masofani tashkil etishi lozim boʻlgan”, degan “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali direktori M.Mansurov holat boʻyicha izoh berarkan.
«Indenim» savdo majmuasi gaz quvurining aynan oʻzida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yoʻli boʻlmagan.
“Oʻtkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil boʻlgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo boʻlishiga olib kelgan. Bu esa oʻz navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab boʻlganini maʼlum qildi”, - deyiladi xabarda.
.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali direktori izohini tinglagan viloyat rahbari, viloyatda nechta noturar obyekt shu tartibda gaz tarmogʻiga ulanganini soʻradi. 25 ta obyekt shu tartibda gaz tarmogʻiga ulangani boʻyicha javobni olgach, zudlikda ushbu obyektlarni gaz tarmogʻidan uzish hamda viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiyadan oʻtkazib, noqonuniy holatlar aniqlansa, ularni ham gaz tarmogʻidan uzish va xavfsiz jihozlarga almashtirish yuzasidan tuman hokimining qurilish ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari va gaz idoralari rahbarlariga topshiriq bergan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q