Siyosat
Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida senatorlar “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Ushbu qonun bilan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi hamda “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, qonun bilan Yoshlar ishlari agentligiga qator vakolatlar berilishi belgilandi. Jumladan, Maxsus vakolatli davlat organi sifatida Yoshlar ishlari agentligiga yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat olib borish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etish, yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf qilish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish vakolatlari berilmoqda.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari hamda tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi toʻgʻrisida asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish talabi bilan soʻrovlar yuborishga haqli ekanligi belgilanadi. Yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari maxsus vakolatli davlat organi bilan majburiy tartibda kelishilishi qonunan mustahkamlanmoqda.
Qonun bilan Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoyalash sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda.
Muhokamalardan soʻng Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q