Siyosat
Termiz orqali BMTning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Bugun, 15 dekabr kuni BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining gumanitar yuki ortilgan ikkita maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi.
Insonparvarlik yordami BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Surxondaryo viloyatidagi “Termez Cargo Centre”da O‘zbekiston hukumati ko‘magida tashkil etilgan gumanitar markazidan yuklanib, qo‘shni davlatga yuborildi.
Zamonaviy terminal O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasidan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu yerda yuklarni saqlash va qo‘shni mamlakatga jo‘natish uchun yetarli sharoit yaratilgan.
Afg‘onistonga yuborilgan dastlabki qirq tonnaga yaqin gumanitar yuk oshxona anjomlari, plastmassa qoplama va boshqa zarur hayotiy narsalardan iborat.
Qayd etilishicha, gumanitar yordam yuklari joriy yil oktabr-noyabr oylarida havo va quruqlik orqali Termizga yetkazilib, "Termez Cargo Centre" terminalida saqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q