Jamiyat
Joriy yilning 1-9-dekabr kunlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonida Umra ziyoratini tashkil qilish boʻyicha xizmat safarida boʻldi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xizmat safari yakunlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Qayd qilinishicha, delegatsiya butun dunyoda qoʻllanilayotgan karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish boʻyicha Podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib bordi.
«Inshaalloh, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul toʻlab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Karantin tartiblariga muvofiq mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda oʻrindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish, oʻrnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalarga rioya etish unchalik katta boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha mablagʻlarni talab etishi mumkin», deyiladi xabarda.
Shuningdek, Umra ziyoratlari muddatlari, qoʻshimcha toʻlov miqdori, vaksinatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tez orada maʼlum qilinadi.
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Jahon
Siyosat
109650
Jamiyat
94034
Jamiyat
89803
Jamiyat
72961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q