Siyosat
Prezident Denovdagi «Indenim» savdo markazida boʻlgan portlash voqeasiga munosabat bildirdi.
— Denovda boʻlgan noxush voqea hammaning koʻzini ochishi kerak. Har bir hokim, prokuror, ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Qurilish, Sanoat xavfsizligi boshqarmalari rahbarlari oʻz hududida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, texnik standartlarga amal qilish, pala-partish qurilishlarga yoʻl qoʻymaslik, yer osti tarmoqlar hisobini yuritish ustidan qatʼiy nazorat tizimini oʻrnatishi shart. Lekin Denovdagi baxtsiz hodisa uchun gaz taʼminoti mutasaddilari jinoiy javobgarlikka tortiladi, — dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, Prezident hukumatga barcha gaz liniyalarini qayta xatlovdan oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi.
Eslatib oʻtamiz, 7-dekabrga oʻtar kechasi Denovdagi «Indenim» savdo markazida gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida portlash boʻlgan edi. Noxush hodisa oqibatida 2 kishi halok boʻlgani aytilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q