Siyosat
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Furqat Noryigitovich Jo‘raqulov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mahammadjon Quronov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining ilmiy-nazariy, metodik yordam ko‘rsatish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Shu munosabat bilan bugun 14 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Muhammadjon Quronovga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi va ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun minnatdorlik bildirildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining yangi birinchi o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov jamoaga tanishtirildi. U 1980 yili Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2001-yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2003-yili shu universitet magistraturasini hamda 2012-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistr) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2003-yildan O‘zbekiston Milliy universiteti jahon falsafasi tarixi va mantiq kafedrasi o‘qituvchiligidan boshlagan.
Furqat Jo‘raqulov 2018-yildan Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2020-yildan Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy sohada bajarilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar muhokama qilindi va kelgusi rejalar belgilab olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q