Jamiyat
2021-yilning 9 oyida Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan xorijliklar orasida Oʻzbekiston fuqarolari son jihatdan birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqida gazeta.uz Rossiya IIV matbuot xizmatiga (jadval) tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, birinchi toʻqqiz oy davomida Oʻzbekistondan Rossiyaga 3 mln nafardan ziyod kishi borgan. Ulardan 3 mln 54 ming 180 nafari Rossiyada ishlash uchun kelgani aytilgan.
Ushbu davr mobaynida Rossiyaga ishlash uchun kelgan mehnat migrantlari orasida ikkinchi oʻrinni tojikistonliklar egallaydi. Yanvar-sentyabr oylarida Rossiyaga qariyb 1,6 mln Tojikiston fuqarosi ishlash uchun kelgan. Shuningdek, Qirgʻizistondan 623 mingdan ortiq, Armanistondan qarib 300 ming va Ozarbayjondan 200 minga yaqin kishilar mamlakatga ishga joylashish maqsadida kelishgan.
Tojikiston va Oʻzbekistondan yana 60 ming nafardan fuqaro Rossiyaga taʼlim olish uchun kelgan. Shuningdek, Qozogʻistondan 55 ming, Turkmaniston va Misrdan esa 30 ming nafardan koʻproq talaba Rossiyaga kelgan, deyiladi xabarda
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q