Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi

Saqlash
22:44 / 11.12.2021 2001 0

Prezident qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

 

Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.

 

Boshqaruv kengashiga Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qiladi.

 

Shuningdek, universitetda Transformasiya ofisi ham ta’sis etilmoqda.

 

Transformasiya ofisi universitetni transformasiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish kabi masalalar uchun mas’ul bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//