Madaniyat
Mahmud Koshgʻariy qalamiga mansub “Devonu lugʻotit-turk” asari Ozarboyjon Milliy Fanlar Akademiyasi (AMEA) Prezidiumi qarori bilan Tilshunoslik institutida 3 jildda nashrga tayyorlanmoqda. Ayni kunda turkiy tilda soʻzlashuvchi xalqlar uchun qimmatli boʻlgan asarning 1-jildi nashrdan chiqqan.
Nasimiy nomidagi tilshunoslik instituti direktori, professor Nodir Mammadli rahbarligida chop etilgan kitobga Ozarboyjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti, akademik Iso Habibbayli soʻzboshi yozgan.
Asarni ilk bor arabchadan ozarboyjon tiliga oʻgirgan tarjimon Xolid Said Xoʻjayevdir. Olim oʻtgan asrning 30-yillarida SSSR Fanlar akademiyasi Ozarboyjon boʻlimida ishlagan. Biroq “Devonu lugʻotit turk”ni tarjima qilganlikda ayblanib, 1937-yili “aksilinqilobiy-panturkistik tashkilot aʼzosi” degan tamgʻa bilan otishga hukm qilinadi.
Maʼlumot uchun, Xolid Said Xoʻjayev Toshkent viloyatining Qoʻshqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki taʼlimni qishlogʻida oladi. Keyin Toshkentda madrasada oʻqiydi. 1918-yili Nuriy posho boshchiligidagi harbiylar bilan Ozarboyjonga borgan Xolid Said Ganjadagi gimnaziyada dars bera boshlaydi. 1920-1921-yillar oʻqituvchilik faoliyatini Toshkentda davom ettiradi. Xolid Said hayoti va ijodi haqida toʻliq maqolani ushbu manzil orqali oʻqishingiz mumkin.
Ayblov jarayonida xavfsizlik xizmati xodimlari Xolid Saidning uyini tintuv qiladi, ammo devon topilmaydi. Shundan soʻng “tarjima asar yoʻqolgan” degan taxmin ilgari suriladi. Lekin “Devonu lugʻotit turk”ning ozarboyjon tiliga tarjimasi yoʻqolmagan ekan. Oradan 86 yil oʻtib, 2023-yili professor Nodir Mammadli mazkur noyob manbani institut arxividan topib oladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q