Endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolashga 25 yil davomida eʼtibor susayib ketgan — Prezident

Saqlash
21:46 / 10.12.2021 888 0

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

“Afsuski, respublikada endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolashga 25 yil davomida eʼtibor susayib ketgani ham adolatli haqiqat”, dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.

 

Shuningdek, keyingi yillarda sohada qilingan ishlar sanab oʻtildi. Jumladan:

 

- soʻnggi uch yilda endokrinologiya sohasini takomillashtirishga qaratilgan alohida dastur amalga oshirildi;

 

- endokrinologiya markazining 14 ta filiali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3,5 million dollar ajratildi;

 

- filiallarda maxsus boʻlimlar tashkil etilib, respublika markaziga murojaatlar 2 barobarga kamaydi, yaʼni qariyb 5 ming nafar fuqaroning sarsongarchiligi va ortiqcha xarajatlarining oldi olindi;

 

- har yili 80 ming nafar bemor insulin bilan bepul taʼminlanmoqda.

 

Hozirda Respublika endokrinologiya markazi uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan 600 oʻrinli yangi bino qurilmoqda. Prezident topshirigʻiga koʻra, markaz faoliyati koʻp tarmoqli shaklga oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//