Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

Saqlash
11:57 / 26.11.2021 1225 0

 

Joriy yilning 22-26-noyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida “Joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish: muammolar va ularning yechimlari” yuzasidan malaka oshirish o‘quvlari o‘tkazildi.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat bo‘limlari, tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari ishtirokidagi onlayn anjuman tarzida boshlangan malaka oshirish o‘quvlari bugun o‘z ishini yakunlandi.

 

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat bo‘limlari, tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari ishtirokidagi onlayn anjuman tarzida o‘tkazilayotgan malaka oshirish o‘quvlarining bugungi mashg‘ulotlarida «Axborot xurujlari va ijtimoiy ma’naviy muhit sog‘lomligini saqlashda tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbarining mas’uliyati», «Ma’naviyat va ma’rifat sohasida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini ta’minlash» hamda «Hududlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning innovatsion metodikasi» kabi mavzularda fikr-mulohaza almashildi.

 

Kunning ikkinchi yarmida o‘quv jarayonlari va hisobotlar yakuni bo‘yicha xulosalar bildirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//