Xo‘jayli tumanida profilaktika inspektori o‘z xonadonida “Oilaviy bolalar uyi” tashkil etdi

Saqlash
12:19 / 24.11.2021 935 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgust kunidagi “Bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275 sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Oilaviy bolalar uylari” tashkil etilmoqda.

 

Xo‘jayli tuman IIB profilaktika inspektori Atamuratov Amangeldi hamda uning rafiqasi Bazarbayeva Sadoqat garchi o‘zlarining ikki farzandi bo‘lsada, yetim bolalarga mehribonlik ko‘rsatish maqsadida xonadonlarida “Oilaviy bolalar uyi” tashkil etishdi.

 

Uning ochilish tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i M.B.Yusupov, Mehribonlik uyi direktori S.Son, tuman sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

 

 

Asrab olingan bolalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi. So‘ng tadbir ishtirokchilari bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//