Siyosat
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-oʻqituvchilari, bir guruh iqtidorli yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston-Singapur qoʻshma taʼlim markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Markaz kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilarimizning Davlat xizmati kolleji, Li Kuan Yu nomidagi davlat boshqaruvi maktabi kabi Singapurning nufuzli taʼlim muassasalarida malaka oshirishini tashkil qilish bilan shugʻullanadi.
Bundan tashqari, taʼlim markazida zamonaviy jihozlangan kovorking maydoni tashkil qilinib, bu yerda singapurlik ekspertlar jalb qilingan holda ustuvor loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik olib boriladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91230
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q