Toshkentda maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

Saqlash
21:31 / 24.05.2023 1438 0

Toshkentda maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi.Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 22-may kuni soat 23:30 atrofida Olmazor tumanida sodir bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, 2004 yilda tug‘ilgan bola (242-sonli maktab o‘quvchisi) uning Samsung telefonini olib qo‘yishga harakat qilgan tanishi bilan janjallashib, o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marotaba tan jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

 

Oqibatda olingan tan jarohatlari sabab jabrlanuvchi vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//