Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Qozogʻiston rahbari telefon orqali muloqot oʻtkazdi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, suhbat chogʻida davlat rahbarlari Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklikni ikki tomonlama yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashgan.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, sanoat, mashinasozlik, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga ahamiyat eʼtibor qaratilgan.
Qayd etilishicha, Qozogʻiston–Oʻzbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida joriy yil oxirigacha Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
“Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli oʻtkazishni taʼminlash vazifasi topshirildi”, – deyiladi Oqoʻrda matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112239
Jamiyat
94917
Jamiyat
91014
Jamiyat
75793
Jamiyat
//
Izoh yo‘q