“Ipak yo‘lida” kartinasi “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” deb topildi

Saqlash
12:03 / 15.11.2021 1081 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo‘lida” qisqa metrajli filmi joriy yilning 1-11-noyabr kunlari AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkazilgan AWFF-2021 («Asian World Film Festival») xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” nominasiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. 

 

Mazkur kinokartina “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «Eng yaxshi aktyor» nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

 

Ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejisyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.

 

Kinofestival 2015-yildan buyon har yili AQSHda o‘tkazilib kelinadi. Unda Osiyo mintaqasining eng sara filmlari ishtirok etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//