Iqtisod
Qonun loyihasiga ko‘ra, 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 310,6 trln so‘m, xarajatlar esa 343,2 trln so‘mni tashkil etishi mo‘ljallanmoqda. Taqchillik chegarasi – 32,5 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 3 foiz.
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024−2025-yillarga budjet mo‘ljallari
2023-yilda olinadigan davlat tashqi qarzining cheklangan miqdori – 4,5 mlrd dollar. Shundan 2 milliardi davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan 17 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
2023-yilda yalpi ichki mahsulot 1 trilliard so‘mdan oshishi (1 068 trln so‘m) kutilmoqda. YaIM o‘sishi 2022-yilda 5,7 foiz, 2023-yilda 5,3 foiz, 2024- yilda 5,6 foiz, 2025 yilda 6 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Hujjatga ko‘ra, uzoq yillar ichida birinchi marta 2023-yilda inflatsiya ikki raqamli ko‘rsatkichdan pastga tushib, 9,5 foiz bo‘lishi mo‘ljal qilinmoqda.
2023, 2024 va 2025-yillarga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi. Hukumat 2024 inflatsiya ikki barobar pasayib, 5-6 foiz bo‘lishini va’da qilmoqda.
Birinchi darajali budjet taqsimlovchilar (vazirlik va idoralar) soni – 64 ta (2022-yilda 58 ta edi). 2023-yilda ular:
– o‘zlarining joriy xarajatlarini qayta taqsimlash va mablag‘larni bir davlat dasturidan boshqasiga qayta taqsimlash vakolatiga ega bo‘ladi;
– respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish holati bo‘yicha Qonunchilik palatasida hisobot berib borishi kerak bo‘ladi.
2023 yilda birinchi darajali budjet taqsimlovchilariga respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar (qavs ichida respublika budjetidan 2022 yilda ajratilgan mablag‘ ko‘rsatilgan):
1. Moliya vazirligi* – 73,4 trln (73,5 trln)*
2. Xalq ta’limi vazirligi – 26,7 trln (25,8 trln)
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi** – 16,2 trln (769,2 mlrd)
4. Maktabgacha ta’lim vazirligi – 8 trln (6,5 trln)
5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 6 trln (4,1 trln)
6. Transport vazirligi – 5,2 trln*** (5,9 trln)
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi – 3,6 trln (3 trln)
8. Suv xo‘jaligi vazirligi – 3,4 trln (3,4 trln)
9. Vazirlar Mahkamasi – 1,9 trln (1,6 trln)
10. Davlat soliq qo‘mitasi – 1,5 trln (1,5 trln)
11. Bosh prokuratura – 1,5 trln (1,4 trln)
12. Uy-jon kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – 1,3 trln (1,3 trln)
13. Prezident adminstratsiyasi (DBA, SMTI, AOKA va Tibbiyot bosh boshqarmasi bilan birga) – 1,2 trln (795,1 mlrd)
14. Sportni rivojlantirish vazirligi – 1,2 trln (qayta tashkil etildi)
15. Oliy sud – 1,2 trln (1 trln)
16. Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi – 1,1 trln (1,1 trln)
17. Innovatsion rivojlanish vazirligi – 1 trln (843,3 mlrd)
18. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – 931 mlrd (415,8 mlrd)
19. Tashqi ishlar vazirligi – 765,4 mlrd (577,1 mlrd)
20. Madaniyat vazirligi – 746 mlrd (728 mlrd)
21. Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – 665,6 mlrd (246,8 mlrd)
22. Qishloq xo‘jaligi vazirligi – 657 mlrd (615,8 mlrd)
23. Prezident ta’lim muassasalari agentligi – 665,2 mlrd (430,5 mlrd)
24. MTRK – 521,9 mlrd (561,4 mlrd)
25. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 478 mlrd (1,3 trln)
26. Qonunchilik palatasi – 394,5 mlrd (237,9 mlrd)
27. Yoshlar ishlari agentligi – 375 mlrd (212,8 mlrd)
28. Fanlar akademiyasi – 364,8 mlrd (328,2 mlrd)
29. Turizm va madaniy meros vazirligi – 340 mlrd (qayta tashkil etildi)
30. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi – 278,4 mlrd (38,4 mlrd)
31. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – 276,3 mlrd (90 mlrd)
32. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi – 267 mlrd (230 mlrd)
33. Qurilish vazirligi – 232 mlrd (358,9 mlrd)
34. Adliya vazirligi – 214,8 mlrd (164,9 mlrd)
35. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – 204,6 mlrd (136,8 mlrd)
36. Davlat statistika qo‘mitasi – 197,6 mlrd (264,6 mlrd)
37. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – 183,6 mlrd (160 mlrd)
38. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi – 176,8 mlrd (186,6 mlrd)
39. “O‘zgidromet” – 166 mlrd (180,7 mlrd)
40. Kasaba uyushmalari federatsiyasi – 150 mlrd (o‘tgan yili olmagan)
41. Kinematografiya agentligi – 125,8 mlrd (233 mlrd)
42. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi – 102,3 mlrd (87,4 mlrd)
43. Senat – 92,8 mlrd (148,2 mlrd)
44. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi – 92,8 mlrd
45. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi – 87,6 mlrd (57,4 mlrd)
46. Energetika vazirligi – 70,5 mlrd (55 mlrd)
47. Hisob palatasi – 69 mlrd (60,4 mlrd)
48. Ma’naviyat va ma’rifat markazi – 65,7 mlrd (62,3 mlrd)
49. Strategik islohotlar agentligi – 35,8 mlrd (7,5 mlrd so‘m)
50. Sudyalar oliy kengashi – 35 mlrd (33,1 mlrd)
51. Milliy axborot agentligi (O‘zA) – 33,7 mlrd (20,6 mlrd)
52. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – 23,6 mlrd (20 mlrd)
53. Markaziy saylov komissiyasi – 16,5 mlrd (11 mlrd)
54. Ombudsman – 16,4 mlrd (8,3 mlrd)
55. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi – 14,1 mlrd (14,3 mlrd)
56. “O‘zarxiv” – 13,6 mlrd (10,4 mlrd)
57. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz – 13,4 mlrd (11,4 mlrd)
58. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 11 mlrd (10,7 mlrd)
59. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi – 10 mlrd (8,9 mlrd)
60. Konstitutsiyaviy sud – 8,8 mlrd (12,2 mlrd)
61. Boshqa tashkilotlar – 36 trln (29 trln)
* Moliya vazirligi xarajatlari tarkibida mahalliy budjetlarga transfertlar (24 trln), Pensiya jamg‘armasiga transfertlar (15 tlrn), Pensiya jamg‘armasi bo‘yicha ijtimoiy xarajatlar (5,6 trln so‘m), Ta’lim kreditini moliyalash jamg‘armasiga transfertlar (1,7 trln) davlat qarzining foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlari (6,7 trln) va boshqa to‘lovlar bor.
*** Iqtisodiyot vazirligi xarajatlari tarkibida ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniya (UzGasTrade) zararlarini qoplash va joriy faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar (14,2 trln so‘m) va boshqalar bor.
*** Transport vazirligi xarajatlari tarkibidan Avtoyo‘llar jamg‘armasiga 4,7 trln so‘m transfert o‘rin olgan.
Yuqoridagi ro‘yxatdan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi kabi kuch tuzilmalari o‘rin olmagan. Budjet kodeksiga ko‘ra, mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartibni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalariga davlat budjetidan transfertlar:
– Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – 15 trln so‘m
– Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi – 4,7 trln
– Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi – 3,1 trln
– Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi – 1,7 trln
– Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 1 trln
– Budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi – 920 mlrd
– Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi – 900 mlrd
– Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi – 750 mlrd
– Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma – 480 mlrd
– Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi – 300 mlrd
– Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi – 255 mlrd
– Jamoat ishlari jamg‘armasi – 208 mlrd
– Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi – 200 mlrd
– «El-yurt umidi» jamg‘armasi – 200 mlrd
– Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi – 80 mlrd
– Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi – 50 mlrd
Quyidagi davlat maqsadli jamg‘armalariga davlat budjetidan transfertlar ko‘zda tutilmagan (xarajatlar yil boshidagi qoldiq va boshqa turli manbalardan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtiriladi):
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi
– Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi
– Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi
– Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
– Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi
– Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi
– Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va x– susiylashtirish jamg‘armasi
2023-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari 11,7 trln bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q