Sport
Kecha poytaxtimizdagi xalqaro aeroportida Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz katta tantana bilan kutib olindi. Barcha ishtirokchilar, ayniqsa, “Tokio-2020” o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘ini sarbaland etgan sportchilarimiz – Bahodir Jalolov, Ulug‘bek Rashitov, Akbarjon Jo‘rayev, Davlat Bobonov hamda Bekzod Abdurahmonovning yaqinlari sevinch ko‘zyoshlarini yashira olmadilar.
Toshkent aeroportining keng maydonida tashkillashtirilgan marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev, 32-olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, ularning yaqinlari intellektual salohiyatli insonlar qilib kamolga yetkazish, iqtidorini namoyon etishi uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar natijasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, xususan, dunyodagi murakkab pandemiya holatiga qaramay, Tokio olimpiadasida sportchilarimizning matonat ko‘rsatganliklarini alohida ta’kidlashdi.
– Davlatimiz, shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan biz, sportchilarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik, alohida e’tibor, yaratib berilgan shart-sharoitlar natijasida ushbu g‘alabaga erishdik. Mening oltin medalim Mustaqilligimizning 30 yilligiga sovg‘amdir, — – deydi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolov.
O‘zbekiston sport tarixida 19 yoshli sportchimiz Ulug‘bek Rashitov Tokio olimpiadasida mamlakatimizga oltin medal taqdim etgan ilk sportchiga aylandi. Uning g‘alabasi sharafiga jahon sport arenasida O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
Delegasiya a’zolarimizni kutib olish doirasida 32-olimpiya o‘yinlarida zafar quchgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan tadbirda har bir sportchimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘alari – yengil avtomashinalar va uy-joylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Sportchilarni kutib olish va taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvoxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q