"Tokio-2020" ishtirokchilarini kutib olish marosimi sabab Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha yopiladi

Saqlash
11:08 / 09.08.2021 1078 0

"Tokio-2020" Xalqaro Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegasiyasi samolyoti bugun Toshkent Xalqaro aeroportiga soat 20:00 da yetib kelishi rejalashtirilgan. Dasturga ko‘ra, delegasiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqadi. Shu sababli, 2021 yil 9 avgust kuni soat 21:00 dan soat 23:00 ga qadar bir qator ko‘chalar, xususan:

- Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Qumariq ko‘chasiga chiqishdan boshlab Qumariq ko‘chasi bo‘ylab Bobur ko‘chasi kesishmasigacha;

- Qumariq va Bobur ko‘chalari kesishmasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasigacha;

- Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Nukus va Oybek ko‘chalari kesishmasigacha;

- Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Oybek hamda Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasigacha;

- Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasigacha;

- Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasigacha;

- Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasigacha;

- Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasigacha;

- Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasidan Botir Zokirov ko‘chasi bo‘ylab ushbu ko‘chada joylashgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish