Sport
“Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5212-son, 05.08.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalari tashkil qilindi.
Chavandozlar maktablari Milliy gvardiya tizimiga kiradi hamda maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi.
☑️ Mazkur maktablar ot sporti (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-koʻpkariga ixtisoslashtiriladi.
➡️ Ular oʻz faoliyatini 2022-yil 1-martdan boshlaydi, shuningdek, razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
✅ Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilinadi.
🔰 Buning uchun xususiy sherikka (investorga):
➖ milliy valyutada ajratilgan kreditlarning 10 milliard soʻmdan oshmagan qismi boʻyicha kredit foizi stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi;
➖ xorijiy valyutadagi kreditlarning 10 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan qismi boʻyicha foiz xarajatlarining tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foizdan koʻp boʻlmagan qismi 3 yil mobaynida kompensatsiya qilinadi.
💼 Chavandozlar maktablari direktori Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan lavozimga tayinlanadi.
💰 2022-yil 1-martdan Chavandozlar maktablari faoliyati samaradorligi boʻyicha reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab xodimlar har yili BHMning 10 baravarigacha (2 mln 450 ming soʻmgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
🏆 2022-yildan boshlab har yili “Eng yaxshi chavandoz”, “Eng yaxshi trener” tanlovlari tashkil etilib, gʻoliblar BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha (2 mln 450 ming soʻmdan 7 mln 350 ming soʻmgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Qaror bilan shuningdek, Chavandozlar maktablarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ippoterapiya markazlari tashkil qilinadi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q