“Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy videoroliklar tanlovi

16:05 / 04.05.2023 3525
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarning jamiyatda oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olish, bunday salbiy holatlardan aziyat chekayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan videoroliklari qabul qilinadi.

 

Tanlovga taqdim etilayotgan videorolik 3 daqiqadan oshmasligi, HD 1920x1080 formatda bo‘lishi lozim. Materiallar 2023-yilning 30-sentabriga qadar marifattanlov_bot telegram manzili orqali qabul qilinadi.

 

G‘oliblar “25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” arafasida tantanali taqdirlanadi.

 

Tanlov yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlarni www.marifatziyo.uz veb-sayti yoki 71 207-57-00, 99 586-96-94 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

1 Izoh

Shoira

21:11 / 16.11.2023

Insholar yoki ilmiy loyiha qabul qilinsin

Izoh qoldirish

//